Juda ko'p beriladigan savol va unga javoblari bilan tanishing
Avtomobilni qanday ijaraga olish mumkin?
Avtoparkimizdagi istalgan avtomobilni tanlang va bron qilish uchun so‘rov yuboring. Telefon raqamingizni albatta ko‘rsating! WhatsApp yoki Telegramda mavjud bo‘lgan raqamni ko‘rsatishingiz biz siz bilan tezroq bog‘lanamiz.
Avtomobil ijarachining minimal yoshi nechida bo‘lishi kerak?
Ijara oluvchining minimal yoshi 21 yosh bo‘lishi lozim.
Minimal haydovchilik staji qancha bo‘lishi kerak?
Minimal haydovchilik staji kamida 3 yil bo‘lishi kerak.
Avtomobil ijarasi narxi qancha?
Ijara narxi ijaraning muddati, marshrut, tanlangan avtomobil va qo‘shimcha xizmatlarga bog‘liq. Ekanom turdagi avtomobillar kuniga 300 000 so‘mdan boshlanadi, premium turidagi avtomobillar esa kuniga 1 500 000 so‘mdan boshlanadi. Shahar tashqarisiga chiqish, yetkazib berish, mashinani yuvish va boshqa qo‘shimcha xizmatlar alohida to‘lanadi.
Ijara to‘lovini qanday amalga oshirish mumkin?
Ijara to‘lovini karta (UZB/RUB/USD), bank o‘tkazmasi yoki naqd pul orqali amalga oshirish mumkin.
Ijara olgan avtomobillarda maksimal tezlik cheklovi qancha?
Ijara olgan avtomobillarning maksimal tezlik chegarasi 120 km/soatni tashkil etadi.
Ijaraga olingan avtomobil bilan shahardan tashqariga chiqishim mumkinmi?
Ha, shahardan tashqariga chiqishingiz mumkin, ammo yo‘l va tezlik cheklovlarini hisobga olishni unutmang. Qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, bizning mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limimiz bilan bog‘laning.
Probeg bo‘yicha cheklovlar bormi?
Ha, kuniga 200 km masofa belgilangan. Cheklovdan oshgan masofa uchun qo‘shimcha to‘lov olinadi.